1

Bir guruh talabalar taqdirlandi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yoshlar kuni” doirasida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” hamda “Akademik minbari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbir davomida “Renessans bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etgan Akademiyaning bir guruh talabalariga sertifikat va ko‘krak nishoni topshirildi. 

Mazkur konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Renessans” matbuot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda talabalar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolalari bilan ishtirok etgan edilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish