355

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” bosh g‘oyasi asosida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ma’rifiy uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad —  mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish hamda turli yot g‘oyalardan himoya qilishga qaratilgan.
 

Ma’lumki, respublikamizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari hamjihatlikda hayot kechirmoqda. Taassufki, milliy boy ma’naviy merosimizga din niqobida zarar yetkazish, ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro inoqlikda istiqomat qilayotgan turli e’tiqod vakillari o‘rtasiga nifoq solish, ixtilof chiqarishga bo‘lgan urinishlar kuzatilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlarda bu kabi holatlardan ogoh bo‘lish, ekstremistik, radikal g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik yo‘llari haqida so‘z bordi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan davra suhbati ham “Yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish omillari” mavzusiga bag‘ishlandi. Ma’rifiy muloqotlarda talaba-yoshlar turli mafkuraviy tahdidlar sharoitida ularning tuzog‘iga ilinmaslik choralari haqida tushunchaga ega bo‘lishdi.

“Jaholatga qarshi ma’rifat” bosh g‘oyasi asosidagi ma’rifiy-tashviqot tadbirlari Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent moliya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya institutlarida ham o‘tkazildi.

Yurtimizning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish