Arab tili bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi. Dastlabki o‘quv kurslari Akademiyaning malakali pedagog-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Kurslar 3 oy mobaynida tashkil etilgan bo‘lib, darslar davomida tinglovchilarning arab tilida yozish, eshitish, o‘qish va gapirish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi arab tili o‘quv kurslarida klassik arab tili, sarf va nahv qoidalari, zamonaviy arab tili bo‘yicha og‘zaki va yozma ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu orqali Mahmud Zamaxshariy, Abulfath Mutarriziy, Qosim Muhammad Xorazmiy kabi arab tili olimlarining klassik asarlarini erkin o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Arab tili kursi dasturi ikki mustaqil yo‘nalishlik ta’limni o‘z ichiga oladi: klassik (mumtoz) til, zamonaviy til. Klassik til yo‘nalishi yurtimizga oid tarixiy manbalarni o‘qiy olish va tushuna olishni qamrab olsa, zamonaviy til yo‘nalishi hozirgi zamon rasmiy tilidagi matnlar bilan ishlashni hamda kundalik mavzularda erkin suhbat yurgizishni nazarda tutadi.
Ayni paytda o‘quv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz ta’lim berish xizmati pullik bo‘lib, har bir tinglovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng o‘quv kurslariga qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.
Murojaat uchun telefon: (97)-333-13-21.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish