Huquqiy mavzudagi uchrashuvlar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. “Milliy qonunchilikda din omili” mavzusida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ham muhim masalalar tilga olindi.
Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi, “Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov, Akademiya o‘qituvchi-xodimlari, talabalari hamda viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalari ishtirok etdi.
Samimiy muloqot davomida so‘zga chiqqanlar sud tizimidagi islohotlar, sohaga doir qonunchilikdagi yangiliklar, sudda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishga joriy etilgan yangi tartiblar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ekanligini qayd etishdi. Davra suhbatida huquqiy madaniyatni oshirishda huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli olib borilishi zarurligi ta’kidlandi. Ma’ruzachilar ish faoliyatlarida sodir bo‘lgan hayotiy misollari orqali mavzuni yanada aniqroq tushuntirib berdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Uchrashuv yakunida talabalar mazmunli tadbir uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish