Huquqiy bilimlar mustahkamlandi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, fuqarolarning huquqiy bilimga ega bo‘lishi jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartib o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois yurtimizda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Shariat va qonunchilik” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ham yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish birlamchi maqsad qilib olindi.
Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Islomshunoslik” fakulteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi Zulfiyaxon Berdimuratova, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sud raisining o‘rinbosari Rustam Norxo‘jayev, Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, “Islomshunoslik” fakulteti dekani Zokir Ro‘ziyev hamda “Islomshunoslik” fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, bugungi davra suhbatida so‘z yuritilayotgan mavzu nihoyatda dolzarbligi, talabalar uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi. Shundan so‘ng ma’ruzachilar tomonidan jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, oila masalalari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda yoshlarga jamiyatda oilaning tutgan o‘rni va roli, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan muhim islohotlar, oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, Oila kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi. Ma’ruzachilar ish faoliyatlarida sodir bo‘lgan hayotiy misollari orqali mavzuni yanada aniqroq tushuntirib berishdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv yakunida talabalar mazmunli tadbir uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish