402

Akademiya vakillari Respublika konferensiyasida ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan "Yangi O'zbekiston saylovlari yoshlar nigohida" ilmiy-amaliy Respublika konferensiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari ishtirok etmoqda.

Anjuman Respublika yosh olimlar Kengashi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda  o‘tkazilmoqda.

Konferensiya mamlakatimiz olimlari va yoshlari hayotida saylovning ahamiyatini ochib berish hamda yoshlarning ilmiy faoliyatlari orqali yangi ma'lumotlar va natijalarni hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilmoqda. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati
 

Izoh qoldirish