342

Taqdimot

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon xuquqshunosi, Ustrushana - hozirgi Jizzaxdan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning "Jomi’ ahkom as-sig‘or" (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Markaz va Xalqaro islom akademiyasi olimlari, Sharqshunoslik universitteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, yosh tadqiqotchilar  hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Taqdimot tadbirida so‘zga chiqqan Sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva, Markaz matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori I.Bekmirzayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Yunusovlar allomaning beqiyos asari so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganish, o‘rta asrlarga oid sharq qo‘lyozma manbalarini tadqiq qilish va keng targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xalqaro ahamiyatga ega islohotlarning amaliy natijasi ekanligini ta’kidlab, u jamiyatimizda qaror topgan hanafiy mazhabining insonparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan moʻtadil ta’limotining ahamiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonch bildirishdi.

Tarjima muallifi M.Atayev asar tarjimasi qanday amalga oshirilgani, uning qo‘lyozma nusxalari qaysi jahon kutubxonalarida saqlanishi va allomaning boshqa asarlari nomlarini keltirib o‘tdi. Shuningdek, kelgusida mazkur ajdodimizning boshqa asarlarini ham tarjima qilishini bildirdi.

Taqdimot mavzuga oid savol va javoblar bilan yakunlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish