“Psixologga savolingiz bormi?” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoira Do‘smuhamedova bilan hamkorlikda “Psixologga savolingiz bormi?” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi. ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarni qiynayotgan savollarga javob berish, o‘zi va boshqalarni bilishga yordam berish, shaxsiy tushunchalarni rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Davra suhbati yoshlarga kelajakda tanlagan sohalari orqali jamiyatga kerakli inson bo‘lib yetishlariga ko‘mak berishini ta’kidlashdi.
Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga Shoira Do‘smuhamedova va kafedra psixologlari tomonidan javoblar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Yakunda psixologik viktorina o‘tkazilib, talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalari mutaxassislar tomonidan baholandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish