Akademiya o‘qituvchisi nufuzli tanlovda g‘olib bo‘ldi
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda ijodkorlik muhitini yaratish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili respublika miqyosida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkaziladi.
Quvonarlisi shuki, mazkur tanlovning joriy yilgi respublika bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Zebo Qosimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Zebo Qosimovaning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish