439

Vaksina – pandemiyani yengishda yagona chora

Koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishi hamda epidemiologik vaziyat og‘irlashuvining oldini olishda eng samarali yo‘li — aholining tez fursatda vaksina qabul qilishi hisoblanadi.

Shu maqsadda aholining bu jarayonda faol ishtirok etishi, o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymay, kasallanishdan himoyalanish zarurligi tegishli mutasaddilar bilan joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda muntazam ta’kidlab kelinmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi, o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning to‘liq vaksina olishlari kerakligi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Bugun Akademiyada mutasaddilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham aynan shu jihatga e’tibor qaratildi. Jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va uni tarqalishini oldini olishning eng samarali va moliyaviy tomondan arzon usuli immunizatsiya, ya’ni aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlanishi muhim ekani yana bir bor tushuntirilib o‘tildi.

Ma’lumki, joriy yilning 1-aprelidan boshlab emlash tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu borada aholini vaksina qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilyapti. Talabalar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda ham ularning koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi to‘liq emlanishlari, vaksina bilan emlanish orqali kishi nafaqat o‘zining, balki yaqinlarining ham salomatligini himoya qilgan bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish