533

Kitob – insonni kamolotga yetaklaydi

Yurtimizda yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday xayriya tadbirlaridan biri sifatida mutasaddilar tomonidan Shayxontohur tumanidagi 37-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi kutubxonasiga kitoblar to‘plami, o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot resurslari hamda xorijiy adabiyotlar monitoring bo‘lim boshlig‘i Nargiza Mirxodjayeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar kitoblar insonni kamolotga yetaklashi, aql-tafakkurini charxlashi, dunyoqarashini kengaytirishini ta’kidlashdi. Yurtimizda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor, kitob o‘qiyotgan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritishdi. Bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib turish, o‘quvchilardan o‘qigan kitoblari haqida fikr-mulohazalarini tinglashga kelishib olishdi. 

Tadbir yakunida umumta’lim maktabi ma’muriyati mehmonlarga bolajonlar uchun atalgan sovg‘alar uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish