414

Bugun tug‘ilgan kun – Abduhamid Muxtorov

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori, taniqli jurnalist, yozuvchi va publitsist Abduhamid Muxtorov tavallud topgan kun.

Muxtorov Abduhamid Abduahadovich 1979-yili Jizzax viloyatining Forish tumani Bolg‘ali qishlog‘ida tug‘ilgan. 1996-yili Bolg‘ali qishlog‘idagi 67-umumta’lim o‘rta maktabini tugallab, 1998-2002-yili Toshkent davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Falsafa fakulteti, 2004-2008-yillarda Oliy jurnalistika kursida o‘qigan.

A.Muxtorov respublika “Ma’rifat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetalari hamda “Bolalar sporti”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari, “Media nashr”, “Tafakkur” kabi nashriyotlarda turli yillarda samarali faoliyat olib borgan.

Yozuvchining “So‘ngi qo‘ng‘iroqdan keyin...” publitsistik to‘plami, “Mening tasavvurim” nomli hikoyalar to‘plami nashr etilgan. “Haydarko‘l xayollari”, “Dumli odam”, “Yolg‘iz odam”, “Bo‘ri g‘ingshimaydi”, “Adashgan fikr”, “Noo‘rin va’da” kabi hikoyalari “Yoshlik” jurnali, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida chop etilgan. 

Ma’rifatparvar bobolarimiz hayoti va ijodini keng tadqiq etish va yosh avlodga ular qoldirgan ma’naviy merosni yetkazish maqsadida ijodkorning ssenariysi asosida “Xalq yuragi” turkumida “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “Oqibat” hujjatli filmlari suratga olinib, katta ekranlarda namoyish etilgan. 

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorovni tavallud ayyomi bilan tabriklaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish