393

Huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 20-sentabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita majlislar zalida yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Dastlab, huquqiy targ‘ibot tadbirida O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash va fuqarolarning e’tiqodiy ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish borasida olib borilgan faoliyatning mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari to‘liq va tahliliy tushuntirib berildi.

Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, undagi yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, vijdon erkinligini ta’minlash bugungi kunda yurtimizdagi eng ustuvor vazifalardan biri ekani, yangi qonun bu boradagi islohotlarning muhim tayanchi hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida soha vakillari mavzu yuzasidan o‘zaro qizg‘in fikr almashdilar hamda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Axborot xizmati

Izoh qoldirish