384

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli maqolalar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida turli sohada faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblarning maqolalari chop etilgan uchinchi kitob nashrdan chiqarildi. Ayni paytda joylarda mazkur kitobning taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etgan tadbirni “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng mazkur tanlovdan muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin egallagan Akademiya doktoranti Lola Azimova tanlov jarayonlari, kitobdan joy olgan ilmiy maqolaning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlash kerak, kitob

ning uchinchi to‘plamida qirqqa yaqin yosh ilmiy tadqiqotchilarning maqolalari o‘rin olgan. Ayni paytda mazkur tanlov davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, talabalar tomonidan yozilgan eng yaxshi maqolalar kitobning to‘rtinchi to‘plami sifatida chop etilishi rejalashtirilgan.

Tadbir yakunida Akademiya talabalaridan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, o‘zlarining bilim salohiyatlarini muntazam rivojlantirib borishlari zarurligi aytildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish