5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida ta’sis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNЕPga asos solingan. Shundan beri YUNЕP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi.
Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi, o‘rmonlar maydonining qisqarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi muammolar butun insoniyat oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitga yetkazilayotgan har qanday zarar nafaqat tabiatga, balki inson salomatligi, iqtisodiyot va kelajak avlodlar farovonligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois har bir fuqaro tabiatni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shishi muhimdir. Ko‘chat ekish, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saralash, plastik mahsulotlardan kamroq foydalanish kabi oddiy amallar ham ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab ko‘chatlar ekilib, shahar va qishloqlarimiz yanada obod va ko‘rkam tus olmoqda.
Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni har birimizga tabiatni asrash, uning ne’matlaridan oqilona foydalanish va ekologik mas’uliyatni his etish zarurligini yana bir bor eslatadi. Zero, sog‘lom atrof-muhit — inson salomatligi, tinch va farovon hayotning muhim garovidir.
Tabiatni asrash — bu faqat bugunning emas, balki ertangi kunning ham manfaatini ko‘zlash demakdir.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish