7

Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar sari

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Boshlang‘ich tashkiloti hamda Markaziy Osiyo Green Universiteti Talabalar Ittifoqi o‘rtasida muhim Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Abdufattoh Xakimov, Green University Talabalar Ittifoqi Prezidenti Muhammad Rasulberdiyev hamda ittifoq a’zolari ishtirok etishdi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar uchun keng tarmoqlanish imkoniyatlarini yaratish hamda o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Uchrashuv davomida “Huquqshunoslik” va “Ekologiya” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar, ilmiy-amaliy tashabbuslar hamda kelgusidagi akademik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Hamkorlik Memorandumi rasmiy ravishda imzolandi.
 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish