Akademiyada “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham loyiha doirasida taniqli ijodkorlar – Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni sohibi, professor, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Axtamqul Karimov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, mehmonlarni oliy ta’lim muassasasida ko‘rib turganliklaridan mamnun ekanligini bildirdi. “Ma’rifat ulashib” tadbirining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
Muloqot davomida ijodkorlar tomonidan Vatan, ota-ona, do‘stlik, sevgi, insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan she’rlar yangradi.
Samimiy suhbat davomida mehmonlar ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Akademiya jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda ijodkorlar tomonidan bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan shoir-yozuvchilarga yaratilayotgan e’tibor, shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
O‘z navbatida bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo‘lib qolishi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Yakunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish