1

Yangi transformatsion bosqichda

2016-2026-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotida kechayotgan tarkibiy transformatsiya – iqtisodiy liberallashuv, turizmning yangi oʻsish drayveriga aylanishi, kreativ iqtisodiyotning institutsionallashuvi va xizmatlar sektorining kengayishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik borgan sari koʻzga tashlanmoqda. 

Asosiy eʼtibor milliy madaniy merosni yuqori qoʻshilgan qiymatli kreativ mahsulot va turistik tajribaga aylantirish, shu orqali xizmatlar eksporti, xususiy investitsiya va bandlikni kuchaytirish masalasiga qaratilmoqda. Bugun turizm, kreativ industriya va xizmatlar sektorini yagona qiymat yaratish tizimi sifatida koʻrish hamda natijadorlikni turistlar sonidan tashqari turist xarajati, qolish muddati, kreativ mahsulot ulushi va xizmatlar eksporti orqali baholash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2016-2026-yillar oraligʻida Oʻzbekiston iqtisodiyotida shakllangan yangi bosqichni faqat makroiqtisodiy oʻsish yoki alohida islohotlar yigʻindisi sifatida emas, balki iqtisodiy qiymat yaratish manbalari, sektorlar oʻrtasidagi bogʻliqlik va bozor institutlarining yangilanishi nuqtayi nazaridan baholash maqsadga muvofiq. 

2017-yildan boshlangan liberallashuv, valyuta bozorini erkinlashtirish, tadbirkorlik muhitini kengaytirish va xususiy sektor rolini kuchaytirish jarayonlari mamlakatni resurs va davlat ustuvorligiga tayangan modeldan xizmatlar, bilim va raqobatga asoslangan modelga tomon siljitdi.

Nurislom To‘xliyev,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik

Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 21-avgust, 34-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish