2

Tarixiy meros va diniy-ma’rifiy diplomatiya

 An’anaviy diplomatiya ko‘pincha manfaatlar muvozanati, muzokara va bitimlar tilida so‘zlaydi. Madaniy diplomatiya san’at, adabiyot va tarix orqali mamlakat haqida ijobiy

tasavvur uyg‘otadi. Diniy-ma’rifiy diplomatiya esa yanada nozik omilga — insonning e’tiqodi, u muqaddas deb bilgan qadriyatlar va tarixiy xotirasiga tayanadi.


O‘zbekistonning tahlillar tufayli ko‘zga tashlanayotgan bu yangi modeli islomni zo‘ravonlik bilan tenglashtiruvchi tashqi stereotiplarga ilmiy dalil bilan javob berishi, buzg‘unchi talqinlarga qarshi ma’rifiy  maydon yaratishi, turli din va madaniyat vakillarini inson qadri, bilim, vijdon erkinligi, tinchlik va mas’uliyat atrofida birlashtirishi mumkin.

 Tayyor qarashlarni majburan singdirishga emas, balki manbalarni birgalikda o‘rganib, umumiy yechim topishga undaydi.


Aynan mana shu qarash ushbu forumni shunchaki nomiga o‘tkaziladigan tadbirlardan ajratib turadi.


Shunda O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy diplomatiyasi dunyoning bugungi muammolariga xolis yechim taklif etadigan omilga aylanadi.


🖌Habibullo Sadibaqosev ,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori, professor 

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 

Gazetani yuklab olish uchun

 

Izoh qoldirish