O‘zbekiston va Tojikiston diniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev hamda Tojikiston Respublikasi Din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi raisi Sulaymon Davlatzoda o‘rtasida rasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini diniy-ma’rifiy sohadagi amaliy hamkorlik orqali yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yosh avlodga ilmiy asoslangan va sof diniy bilim berish, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi ma’rifat orqali kurashish, an’anaviy diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Tojikiston Respublikasi Din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi o‘rtasida amalda bo‘lgan hamkorlik memorandumining ijrosini yanada faollashtirish, uning doirasida ikki mamlakatning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar mazkur muloqot O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Uchrashuv o‘zaro anglashuv, ishonch va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish