Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.
Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi.
Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlar Akademiyaning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-Talabalar turar joyida ham bo‘lib o‘tdi.
Bu kabi mashg‘ulotlar ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilib, unda Akademiya vakillari, eng avvalo, kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida organizmini chiniqtirish, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish kerakligini yanada anglab yetmoqdalar.
Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino bejizga “Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir”, deb aytmaganlar. Mazkur ish har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.
Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar mashg‘ulotlar davomida o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish