1

Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 

Taassufki, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan so‘ngi vaqtlarda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan tan jarohati yetkazish va bezorilik jinoyatlar salmog‘i sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda. 

Yoshlar orasida tan jarohati va bezorilik jinoyatlarni sodir etilishi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda.

Buning oldini olish, ertamiz egalari o‘rtasida ma’rifatli jamiyat tamoyilini targ‘ib qilish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda “Yoshlar oʻrtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarini oldini olish” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

“Yoshlar kuni” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ichlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Qahramon Nazarov tomonidan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning ayanchli oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Oliy ta’lim muassasa rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va mas’ullar ta’lim olayotgan yoshlar tomonidan o‘tkir tig‘li jismlar olib yurish, turli xil nizolar oqibatida bir-birlariga tan jarohati va bezorilik jinoyatlarini sodir etilishining huquqiy oqibatlarini tushuntirish zarurligi qayd etildi. 

Ertamiz egalarini vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash kerakligi ta’kidlandi. 

Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimli haqida so‘z yuritidi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish