Bitiruvchidan – professional kadr sari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan “Bitiruvchidan – professional kadr sari!” shiori ostida “Workshop” amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini topish uchun sharoit yaratish hamda oliy ta’lim va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi qarorlari ijrosi hamda jamiyatda din sohasini tushunadigan psixolog mutaxassislarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj alohida e’tirof qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi, Toshkent shahar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi, “Grand ta’lim olam” nodavlat ta’lim muassasasi hamda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarga aniq ish o‘rinlari va yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.
Mutaxassislar aholi o‘rtasida radikallashuv holatlarining oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda din psixologlarining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladilar.
Tadbir doirasida faol ishtirok etgan va yoshlar bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar maxsus “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Ushbu uchrashuv akademiyaning bitiruvchi yoshlari uchun mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishda muhim qadam bo‘lib, sohada kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish