Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.
Ayniqsa, 2025-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida mazkur mavzuga alohida to‘xtalib o‘tilgan edi.
Unda davlatimiz rahbari “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir!” deb ta’kidlagan edilar.
Ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilingan edi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida korrupsiyaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusidagi davra suhbati Mumtoz sharq filologiyasi va Islomshunoslik fakultetlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda fakultet dekanlari Ilyos Mirziyotov, Jahongir Tohirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Shuhrat Eshmatov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, talaba yoshlarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Shuhrat Eshmatov tomonidan yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilab berilganligi to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berib o‘tildi.
Shuningdek, tizimda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik, fuqarolar, talabalarning murojaatlari va ularni ijobiy hal etilishida ta’magirlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lishlari yana bir bor tushuntirildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish