Akademiyada “Boburxonlik ilmiy-ma’rifiy kechasi” o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugungi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Boburxonlik ilmiy-ma’rifiy kechasi” ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos olim Otabek Jo‘raboyev, Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Saidbaxrom Azizov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Akademiya birinchi prorektori tadbir avvalida so‘zga chiqib, Bobur Mirzo tomonidan yaratilgan asarlar, uning sinovlar, mashaqqatlarga boy o‘tgan hayot yo‘li haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda “Boburning ilmiy-adabiy merosi”, “Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida ilm-fan ma’lumotlari (Astronomiya misolida)”, “Zahiriddin Muhammad Boburning lingvistik merosi” hamda “Olamgir fatvolari” asarida qozilik mahkamasidagi masalalar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan Boburning go‘zal xulq-atvor egasi bo‘lgani, shijoat, halollik, vafodorlik, sabr-toqat, himmat, adolat, rahm-shafqat kabi hislatlarni o‘zida mujassam etgani, bu xislatlar uning ijodida ham o‘z ifodasini topgani qayd etildi.
Ma’rifiy kechada Akademiya magistrlar hamda talabalari ham o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashib, buyuk mutafakkir ijodining maftunkor qirralari, shoir she’riyatini o‘rganish va tadqiq etishdagi vazifalar xususidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Bobur asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilmoqda, sevib o‘qilmoqda, mutolaa qilinmoqda. Bobur o‘z asarlarida adabiyot, falsafa, tarix, siyosatshunoslik, axloqshunoslik, tilshunoslik kabi sohalarni qamrab, komil inson tarbiyasi, vatanparvarlik, adolat, odob-axloq, lirik muhabbat mezonlarini yuksak cho‘qqiga ko‘targan.
Anjumanda buyuk bobokalonimizning asarlarini o‘qib-o‘rganish inson ma’naviy dunyosining boyishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir yakunida Maqom ansambli xonanlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Tadbirning badiiy qismida talabalar shoir ijodidan namunalar keltirib, g‘azallar o‘qishdi. Mahoratli xonandalar tomonidan mutafakkir ijodiga oid g‘azallardan bastalangan qo‘shiqlar yangradi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish