1

Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-fevral sanasidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

“Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs darslarida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan reja-jadvalga muvofiq, ma’ruzalar qilinmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari bugun ham davom etdi.

Bugungi ma’ruzalar Akademiya professor-o‘qituvchilari – Xo‘jageldi Alimov hamda Samad Ma’murov tomonidan olib borildi. 

Mashg‘ulotlarda “Ichki bozorda talabni rag‘batlantirish” hamda “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” mavzusida ma’ruza darslari tashkil etildi.

Darslarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar, ularni samarali tashkil etish yo‘llari xususida so‘z yuritildi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur Murojaatnoma davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini yanada rivojlantirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, taraqqiyotimizning yangi bosqichi uchun dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

Mashg‘ulotlar doirasida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘yicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Izoh qoldirish