Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Keyingi yillarda yurtimizda iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdod va salohiyatini toʻla namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.
Qayd etish kerak, 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Ahamiyatlisi, mana shu iqtidorli yoshlar safida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining besh nafar isteʼdodli talabasi ham bor. Xususan:
Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Dildora Abdurahmonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasini;
Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik (rus)” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muslimaxon Tojiyeva;
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Sevinch Jovliyeva Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasini;
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mohlaroyim Quqonboyeva Islom Karimov nomli davlat stipendiyasini;
Islomshunoslik fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ayubxon Raxmatxonov esa 2025/2026-oʻquv yili uchun Zahiriddin Muhammad Bobur stipendiyasini qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan iste’dodli va iqtidorli talabalarni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ularning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat, tansihatlik tilaymiz.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish