1

UNESCO Qatnashuv dasturi (2026–2027) doirasida loyiha arizalari qabuli boshlandi

UNESCO tashkiloti tomonidan 2026-2027-yillar uchun UNESCO’s Participation Programme (Qatnashuv dasturi) doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha arizalar qabuli boshlanganligi ma’lum qilinadi.

Loyiha talablari:
— loyiha budjeti 26 ming AQSH dollaridan oshmasligi lozim;  
— UNESCOning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lishi;  
— ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, nashrlar chop etish, uskunalar xarid qilish, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va shu kabi faoliyatlarni qamrab olishi mumkin.

Loyihada ishtirok etish sharti:
Taqdim etiladigan loyihalar UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida tasdiqlangan 43C/5 hujjati asosida ishlab chiqilishi hamda 2026-2027-yillar davomida amalga oshirilishi lozim.  

Hujjat bilan tanishish: https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000392982
Arizalarni topshirish muddati: joriy yil 30-yanvargacha.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish