1

Istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Iso Masihiyning oxirgi kun avliyolari cherkov vakili Jak Jerard boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Irgash Daminov hamda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev kutib oldi.

Suhbat avvalida rektor Muzaffar Kamilov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning do‘stona munosabatlari tufayli oliy darajada ekanligini ta’kidladi.

Ushbu uchrashuvlarda va aloqalarning rivojlanishida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning xizmatlari borligini alohida ta’kidladi. 

2025-yilda tashkilot rahbari E.Bernard boshchiligida delegatsiya Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingani va Prezidentning barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlari qisqa muddatda o‘zining samarasini ko‘rsatayotganini aytib o‘tdi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyot, siyosat va ta’lim sohalarida aloqalar tobora rivojlanayotganini alohida qayd etildi. 

O‘z navbatida Jak Jerard Akademiya rahbariyatiga qabul va tashkil etilgan uchrashuv uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar 2026-yil yangi bosqichga ko‘tarilishini qayd etdi. 

Muzaffar Kamilov hozir kunda Islom ensiklopediyasining 3 jildi nashr qilingani, kelajakda ingliz tiliga tarjima qilish va tahrirlash jarayonini BYU universiteti bilan homkorlik qilish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. 

Suhbat davomida Yuta shtatidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilar uchun zamonaviy pedogagik texnologiyalar asosida soha va darajalarga bo‘lgan holatda o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, xalqaro tajribaga asoslangan diniy bag‘rikenglik, jamiyatda o‘zaro totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar va treninglar tashkil etish masalalari haqida so‘z bordi.

Bunga javoban, mehmon yuqoridagi takliflarni o‘rganib chiqishga tayyor ekanligini bildirib, qo‘lozmalarni tadqiq etish, til o‘rganish va sun’iy intellekt bo‘yicha tajriba borligini ta’kidladi va bu yo‘nalishlarda aloqalarni o‘rnatishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. 

Muloqot davomida yo‘l xarita asosida ishlarni davom ettirish kelishib olindi. 

Yakunda mehmonlar yuqori darajadagi hurmat va mehmondo‘stlik uchun Akademiya mutasaddilariga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish