2

Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida onlayn “Zakovat” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Akademiya talabalari oʻrtasida 2025-2026-oʻquv yilining qishki taʼtil davrini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etildi.

Tanlov Islomshunoslik fakulteti hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi hamkorligida o‘tkazildi. 

Intellektual tanlovda 11 ta jamoa ishtirok etdi. 

Talabalar tanlov davomida o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda jamoalar “Quizziz” platformasida tuzilgan test savollari orqali saralab olindi. Birinchi bosqichdan asosiy bosqichga “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabalaridan iborat “G-8” jamoasi yo‘l oldi. 

Asosiy bosqichda hisob 6:5 bo‘lib, yakunda tomoshabinlar g‘alaba qozonishdi. 

Izoh qoldirish