1

Akademiyada TANAL C1 sertifikati bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida arab tili bo‘yicha TANAL C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur natijalar talabalar tomonidan til sohasida olib borilgan izchil tayyorgarlik va bilim darajasining samarali ifodasi sifatida e’tirof etildi.

Ushbu yutuqlar "Arab tili va adabiyot al-Azhar"kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva hamda dekan o‘rinbosari Nigina Ruzimova tomonidan alohida e’tirof etildi.

TANAL C1 darajasiga erishgan “Filologiya” yo‘nalishi 3-kurs talabalari Odina Xolmuhammedova, Muxlisa Mirzaxonova, Muhsina Nusratullayeva, Shahzoda Nodirshoyeva hamda Mirjalol Sadullayev taqdirlandi.  

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish