Talabalar turar joyidagi yoshlar bilan muloqot qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mas’ullari tomonidan 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida tashrif tashkil etildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev boshchiligidagi mas’ullar Akademiya hududida joylashgan talabalar turar joyini ko‘zdan kechirishdi.
O‘rganish davomida Akademiya mas’ullari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi.
Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarning holati o‘rganilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yotoqxonadagi isitish jihozlarining sozligi, bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklar aniqlanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kuz-qish mavsumida gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha maslahat berildi.
Shuningdek, qishki ta’til munosabati bilan viloyatga ketadigan talabalarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib ketishlari, ta’tilni yuqori kayfiyat va xotirjamlikda kutib olishlari uchun Akademiya mas’ullari ham ota-onalar kabi birdek javobgar ekanliklari ta’kidlandi.
Talabalar mavjud kamchilik va e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish