1

“Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bilimli yoshlarni birlashtirdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish, o‘zga e’tiqod va millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. 

Tadbirda Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odiljon Ernazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tanlovda jami 11 ta jamoa qatnashdi.

Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev tanlovni ochib berarkan, bu kabi intellektual tanlovlar yoshlarning bugungi globallashuv davrida mutaxassisliklarini o‘rganishlari uchun muhim maydon bo‘lishini qayd etdi.

Musobaqa 1-shart (saralash testi), 2-shart (blits savol-javob), 3-shart dunyo dinlariga oid tarixiy voqealar sharhi hamda 4-shart (ijodiy ish) kabi shartlar asosida o‘tkazildi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish