1

Talabalar uchun foydali seminar

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yordamchi eslatmalar rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida lingvistik kompetensiyani oshirish usuli sifatida” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan Toshkent xalqaro kimyo texnologiyalari universiteti “Rus tili” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Akademiya katta o‘qituvchisi Sayyora Jalolova hamda Toshkent xalqaro kimyo texnologiyalari universiteti vakili F.Yakubova tomonidan ma’ruza qilindi.

Seminar o‘z kasbiy mahoratini oshirish, uslubiy bilimini kengaytirish va o‘quv jarayoni sifatini oshirishga intilayotgan har bir kishi uchun foydali bo‘ldi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish