2

Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Akademiyaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Dilafruz Turdiyeva mavzu doirasida xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlik va unga qarshi kurash omillari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Iqtidorli qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi koordinatori Nigora Xakimova ham zo‘ravonlikka qarshi kurash masalasining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirning asosiy spikeri sifatida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining Strategik rejalashtirish va integratsiya bo‘lim boshlig‘i Muhabbat Turkmenova raqamli zo‘ravonlik, gender tenglik va xalqaro tajribaga asoslangan himoya mexanizmlari haqida ma’ruza qildi.

Mutaxassis chiqishidan so‘ng savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarida mavjud savollarga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.

Izoh qoldirish