Global iqlim o‘zgarishi muammolari va jahon siyosati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Global iqlim o‘zgarishi muammolari va jahon siyosati” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademiya professor-o‘qituvchilari, xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Seminarda global isishning kuchayishi, cho‘llanishning ortishi, suv taqchilligi, tabiiy ofatlarning ko‘payishi kabi ekologik xavflar insoniyat taraqqiyotiga tobora salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi. Jahonda ekologik xavfsizlik masalalari davlatlar tashqi siyosatida ustuvor yo‘nalish sifatida shakllanib borayotgani, iqlim diplomatiyasi global muloqotning muhim yo‘nalishiga aylangani qayd etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u mazkur mavzuning ilmiy dolzarbligi va xalqaro siyosiy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlab, seminar ishtirokchilarini faol muloqotga undadi. Shuningdek, akademiyada mazkur yo‘nalishda ilmiy-nazariy seminarlar va loyihalar muntazam davom ettirilishini bildirdi.
Seminarning asosiy ma’ruzachisi — Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti “Amaliy iqlimshunoslik” laboratoriyasi mudiri, geografiya fanlari bo‘yicha PhD Erkin Abdulaxatov bo‘ldi.
Mutaxassis o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududida iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan omillar, ularning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, suv resurslarini boshqarish hamda mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati haqida ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Parij kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonlarining dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda, shuningdek, iqlim o‘zgarishining xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni, ekologik xavfsizlikning geosiyosiy raqobatga ta’siri, transchegaraviy ekologik masalalarda davlatlararo diplomatik mexanizmlar kabi masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ilmiy savollar va takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida so‘zga chiqqan akademiya vakillari bunday ilmiy uchrashuvlar yoshlar ongida iqlim madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyatni oshirishda katta o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar. Akademiya kelgusida ham ekologik muammolar, global xavfsizlik va xalqaro hamkorlik masalalarini qamrab olgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi ma’lum qilindi.
Ilmiy-nazariy seminarni “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti v.b., siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jaxongir Akramov olib bordi.
Seminar barcha ishtirokchilarda katta ilmiy qiziqish uyg‘otib, iqlim o‘zgarishi muammolariga oid hamkorlikdagi yangi tadqiqot tashabbuslari uchun muhim zamin yaratdi.




- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish