1

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida “Islom tarixi bilimdoni” tanlovining tashkil etilishi yaxshi an’anaga aylangan.

Bugungi tanlov ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talabalar tomonidan ilmiy-akademik taʼlim shaklida, ishonchli manbalar asosida oʻrganishlari, Din ishlari bo‘yicha qoʻmita dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish