1

Ilmiy maqola: metod, tahlil va nashrga tayyorlash

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ilmiy maqola: metod, tahlil va nashrga tayyorlash” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov, Inha universiteti ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo‘limi boshlig‘i Bobir Muratov, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Munisa Rayimova, Ogayo universiteti doktoranti Henri Misa, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. 

Unda ilmiy maqola yozish jarayoni, metod tanlash, tahlil qilish hamda maqolani nashrga tayyorlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan talabalarga mavzu doirasida amaliy ko‘nikmalar ham berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish