1

Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yaqin Sharqda diniy ekstremizmning oqibatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Akademiya talabalari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov mavzu doirasida ma’ruza qildi.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yaqin Sharq mintaqasida millatlararo, etnik va diniy asosdagi qarama-qarshiliklar, ichki va mintaqaviy mojarolar kuzatilayotgani, buning sabab va oqibatlari haqida so‘z yuritildi.

Radikalizm, terrorizm va ekstremizm muayyan davlat yoki mintaqa tanlamasligi, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan aholi tashqi kuchlar tomonidan boshqarilishi, bunga yo‘l qo‘ymaslikning shartlari borasida fikr bildirildi.

Bu borada diniy ekstremizmga qarshi kurashda O‘zbekistonning tajribasi ko‘plab davlatlarga namuna bo‘lishi kerakligi, yurtimizda “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida kurash olib borilayotgani qayd etildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Izoh qoldirish