Diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish
Bugungi globallashuv va axborot almashinuvi davrida diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish orqali boylik orttirishni, turli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ayrim toifalar tomonidan internet tarmog‘ida odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligi nafaqat yurtimiz jamoatchiligi, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.
Ana shunday murakkab bir davrda yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning ta’siridan asrash jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Qahramon Nazarov, Shayxontohur tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi katta inspektori, podpolkovnik Ravshan Shorahimov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan tarqatilayotgan g‘oyalarning jamiyatimiz tinchligi va xavfsizligiga soladigan tahdidlarini bartaraf etish, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlar va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
Jumladan, yoshlarga qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlar, ularning jirkanch maqsadlari haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan yoshlarning ogohligini oshirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini mustahkamlash, mavzu doirasidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbirda diniy ekstremizm va terrorizmning fojiali oqibatlari tasvirlangan hujjatli film namoyish etildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish