Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Shayxontohur tuman hokimi oʻrinbosari Ziyoda Toxirova, Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi Zokirjon Mardonov, Toshkent shahar IIBB TKX TKKB katta tezkor vakili, kapitan Xusan Gaynazarov, Shayxontoxur tumani IIOFMB katta inspektorlari, podpolkovniklar Saodat Azimova, Gulnora Ishonxonova, Nigora Poʻlatova hamda Akademiya talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida mutasaddi tashkilot vakillarining maʼruzalari tinglandi.
Davra suhbati mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish