“Ijod zavqi”da pok niyatlar, insoniy tuyg‘ular tarannumi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Bugun shu maqsadda Akademiyada “Ijod zavqi” kitobining taqdimoti hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoira Umida Abduazimova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Akademiyaning “Mushoira” klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, professor Zohidjon Islomov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, ijodkor talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Xalqimizning sevimli shoirasi Umida Abduazimova ham kitob bilan yosh qalamkashlarni tabriklab, ularga oq yo‘l tiladi. Shoira o‘zining she’rlaridan o‘qib berdi.
Bugunga qadar shoiraning “Sevinchim”, “Seni ko‘rgim kelaveradi”, “Arazlamang”, “Salom, hayot”, “Qadimiy qo‘shiq”, “Oydin orzular” kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan.
Tadbir davomida Akademiyada tahsil olayotgan ijodkor talabalarning she’riy misralari, hikoya va ijodiy mulohazalari jamlangan “Ijod zavqi” kitobi haqida so‘z yuritildi.
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Lola Azimova va Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mas’uli Dildora Nishonova tahriri ostida nashr etilgan to‘plamning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
To‘plamdan “Ulg‘ayadi umr, ulg‘ayadi yillar…”, “O‘zbekistonim”, “Tush”, “Qalb o‘tinchi”, “Navoiy sog‘inchi”, “Baxt izlab…”, “Oymomo uxlasin ayvonlaringda” kabi she’rlar, “Fido”, “Asl vazifa” kabi hikoyalar o‘rin olgan.
Unda insoniy nozik tuyg‘ular, qalb kechinmalari, ruhiy olami, o‘y-fikrlari go‘zal misralarda ifodalangan. Vatan, ota-ona, yurt madhi, ezgulik, yaxshilik, insoniylik tuyg‘ulari jarang sochgan.
Mazkur kitob Akademiya ijodkor talabalar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kelajakda yetuk ijodkor bo‘lib yetishishlari uchun ilk debocha vazifasini bajarsa ajab emas.
Yakunda talabalar tomonidan ijodiy namunalar o‘qildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish