1

Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan

Shu kunlarda yurtimizda O‘zbekiston – Indoneziya madaniy va hamkorlik haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalikni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar ko‘lamini kengaytirish, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va uning ilmiy merosini keng targ‘ib etish hamda ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.

Haftalik doirasida Samarqand shahrida “Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Indoneziya va yurtimizning taniqli olimlari, soha mutaxassislari qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Irgash Daminov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mahfuza Alimova hamda Ilmiy kengash ilmiy kotibi Iroda Gafurova ham ishtirok etishdi.

Akademiya vakillari konferensiyada “Makhuliy olimlarning ilmiy merosi: tarix va bugun”, “Imom Buxoriy asarlarida islom ma’rifati asoslarining yoritilishi” hamda “Samarqand madrasalarida ta’lim tarixiga bir nazar” mavzularida ma’ruza qilishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan ushbu anjuman ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-maʼnaviy aloqalarni rivojlantirish, Imom Buxoriy merosini chuqur oʻrganish va uning ilmiy ahamiyatini keng yoritishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Izoh qoldirish