Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Firuz Rashidov tomonidan Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlandi. Davra suhbatida davlatimiz rahbarining global xavfsizlik, inson huquqlari, barqaror rivojlanish, ta’lim va yoshlar masalalarida ilgari surgan tashabbuslari hamda ularning dolzarbligi batafsil muhokama etildi.
Tadbir ishtirokchilari nutqda belgilangan strategik vazifalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishdagi o‘rni, shuningdek, BMT minbarida ilgari surilgan g‘oyalarning milliy islohotlar jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati qizg‘in bahs-munozara ruhi bilan o‘tdi va ishtirokchilarda Prezident nutqidagi muhim g‘oya va tashabbuslar mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish