
Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan.
E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda yurtimizda ham qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvorlik kasb etmoqda. Qizlarni ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq sifatida tarbiyalar ustuvor maqsad hisoblanadi.
Shu bois, joriy yilning 6-11-oktabr kunlari “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Sana munosabati bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Akademiyaning Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri Farida Abdurahimova, Xotin-qizlar bo'limi uslubchisi Nilufar Alibayeva, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Gulnora G‘ulomova, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda “Yangi O‘zbekistonga – yangi maqsadlar va g‘oyalar bilan” hamda “Qizlar o‘zgarishlar yetakchisi” mavzularida ma’ruza qilindi.
Fariad Abdurahimova o‘z nutqida millat davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli, ma’naviyatli, oqila va dono qilib tarbiyalash, ilm-u ziyoli qilib voyaga yetkazish muhim masala ekanini qayd etdi.
Tadbirda ushbu sananing mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlarning jamiyatda o‘rni, ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.
Darhaqiqat, xalqimiz azaldan qizlar tarbiyasi, ularning odob-axloqi, o‘zini tutishi, yurish-turishiga alohida e’tibor qaratib keladi. Bugungi kunda ayollar va qizlarni har jihatdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, siyosiy, huquqiy, tibbiy va ijtimoy yo‘nalishdagi huquqlarini yuzaga chiqarish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish