
Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish
Sir emaski, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Toshkent shahar IIBB terrorizm katta tezkor vakili, kapitan Husan Gaynazarov, Shayxontohur tumani IIOFMB Xotin-qizlar katta inspektorlari, podpolkovnik Gulnora Gulnora Ishanxanova, kapitan Nigora Pulatova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Zokirjon Mardonov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni Akademiya mas’ullari kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, jinoyatchilik va narkotik moddalar bilan bog‘liq muammolar bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda jamiyat uchun jiddiy xavf solayotgan muammolardan biri hisoblanishini qayd etishdi.
Yoshlar o‘rtasida bu kabi illatlarning tarqalishi kelajagimizga bo‘lgan tahdid ekani, shu bois, bu muammolarga qarshi kurashda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki barchaning vazifasi ekanini ta’kidlandi.
Davra suhbatida soha xodimlari tomonidan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalarni sotish holatlarini aniqlash, uyushgan jinoiy sxemalarni fosh etish va yoshlar orasida taqiqlangan moddalar tarqalishining oldini olish muhim ekani qayd etildi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning bu yo‘lga kirib qolishining oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashish har bir ongli fuqaroning mas’uliyatli burchi ekani uqtirildi.
Tadbir yakunida talabalar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish