
Maxsus kurs darslari davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professori Mansur Bekmurodov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsentlari – Zokir Sodiqov, Anvar Xudoyorov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Muxtor Nazirov, katta o‘qituvchi Musurmon Xurramov hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Rahmatilla Gaipnazarov tomonidan ma’ruza darslari olib borildi.
Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi chiqishiga ham to‘xtalib o‘tishdi.
Ekspertlar tomonidan O‘zbekistonning global minbardagi pozitsiyasi, demokratik va huquqiy davlat qurishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, diniy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti, gender tenglik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda hamjihatlik makonini barpo etish, qo‘shni davlatlar bilan yaqin hamkorlik, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik jarayonlariga ko‘mak berish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish