1

Maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlarida dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusidagi maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari bugun ham davom etdi.

Unda Akademiya professori Abduvali Isajonov hamda dotsentlar – Samadjon Ma’murov va G‘olib Mustafoyev “O‘zbekistonning energetik salohiyati va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda energiya resurslariga bo‘lgan talab” hamda “Energiya auditi tushunchasi. energiya samaradorligini oshirish va energiya tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Mazkur mavzular davlatimiz rahbarining nutqidagi EKOSOS va UNKTAD shafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish, UNIDO bilan sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” makon barpo etish hamda demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlarni qabul qilish kabi tashabbuslarining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida Prezidentimizning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Qayd etish joizki, mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatlidir.

O‘quvlar davom etmoqda.

Izoh qoldirish