
Maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 23-sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlanmoqda.
Bugungi maxsus kurs “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi professori Ilhom Bekmirzayev tomonidan “Yangi O‘zbekistonda islohotlar” mavzusida o‘tkazildi.
Mazkur darsda ekspertlar tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari” hamda “O‘zbekistonda ta’lim tizimi islohotlari va jahon hamjamiyati oldidagi muhim tashabbuslar” mavzusidagi ma’ruzalar o‘tildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Qayd etish joizki, mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatlidir.
O‘quvlar davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston BMTning teng huquqli va to‘laqonli a’zosi sifatida O‘zbekiston tenglik, hamkorlik, ko‘p tomonlamalik va xalqaro siyosiy tizimni himoya qilish prinsiplariga so‘zsiz rioya etishini ko‘rsatayotganini ta’kidladilar.
O‘quvlar davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish