
Akademiya talabasi ilmiy maqolalar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 4-5-oktabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga muvofiq, tashkil etilgan anjuman doirasida talabalar o‘rtasida maqolalar tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlovda 10 nafar ishtirokchi o‘z maqolasi bilan qatnashdi.
Ularning orasidan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi Dildora Poʻlatova “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” nomli maqolasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabani taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuxamedov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Akademiya talabasiga diplom va mukofot topshirildi.
Fursatdan foydalanib, Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizni mazkur yutug‘i bilan tabriklab, uning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish